Fabio Kannavaro Jahon chempionati favoritlarini sanab o‘tdi
Italiyalik mutaxassis va hozirda Oʻzbekiston terma jamoasi ustozi hisoblangan Fabio Kannavaro Jahon chempionati favoritlari va italyalik muxlislarga toʻxtaldi
— Jahon chempionati oldidan muxlislarga murojaatingiz qanday? Italiya terma jamoasi ham Oʻzbekistoni qoʻllab-quvvatlaydimi?
"Umid qilamanki, Italiya xalqi va italyalik muxlislar ham bizni qoʻllab-quvvatlaydi. Ayrim italyaliklar Karlo Anchelotti sabab Braziliyaga muxlislilik qilishi mumkin, yana baʼzilar Vinsentso Montella tufayli Turkiyani qoʻllab-quvvatlaydi. Lekin oʻylaymanki, koʻplab hamyurtlarim aynan Oʻzbekiston terma jamoasiga muxlislilik qiladi".
— Jahon chempionatining asosiy favoritlari sifatida qaysi jamoalarni koʻryapsiz?
"Asosiy favorit sifatida Fransiyani aytgan boʻlardim. Shuningdek, Portugaliya, Argentina va Ispaniya terma jamoalari ham katta imkoniyatga ega. Bundan tashqari, kuchli tarkibga ega Angliyani ham esdan chiqarmaslik kerak".

Fikrlar